“ASIA ALLIANCE BANK” ATB aksiyadorlarning
yillik umumiy yigʻilishi oʻtkazilishi toʻgʻrisida
xabarnoma

“ASIA ALLIANCE BANK” ATB bank aksiyadorlarning yillik umumiy yigʻilishini oʻtkazish toʻgʻrisida xabar beradi. Yigʻilish 2022-yil 11-iyul soat 10:00 da “ASIA ALLIANCE BANK” ATBning 100047, Toshkent shahar, Maxtumquli koʻchasi, 2a manzil boʻyicha joylashgan binosida oʻtkaziladi, bankning elektron pochta manzili: info@aab.uz. Aksiyadorlarning yillik umumiy yigʻilishida ishtirok etish uchun aksiyadorlarni roʻyxatdan oʻtkazish soat 09:00 dan 09:30 gacha amalga oshiriladi.

Kun tartibi:

1. Aksiyadorlarning yillik umumiy yigʻilishni oʻtkazish reglamentini tasdiqlash;

2. Bank Kuzatuv kengashining 2020-yil va 2021-yil yakunlari boʻyicha bank faoliyati natijalari va bank rivojlanish strategiyasiga erishish boʻyicha amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida hisobotlarni eshitish;

3. Bank Boshqaruvining Bank rivojlanish strategiyasiga erishish boʻyicha amalga oshirilgan ishlar, Bank biznes-rejasini amalga oshirish boʻyicha 2020-yil va 2021-yilda Bank Boshqaruvi faoliyati natijalari toʻgʻrisida hisobotlarni eshitish;

4. 2020-yil va 2021-yil uchun Bankning yillik hisobotlarni tasdiqlash;

5. 2020-yil va 2021-yil yakunlari boʻyicha Bankning yillik moliya-xoʻjalik faoliyatini tekshirish natijalari boʻyicha Taftish komissiyasining xulosalarini eshitish;

6. Bank sof foydasini taqsimlash;

7. Bank Taftish komissiyasi faoliyatini tugatish;

8. Bank e’lon qilingan aksiyalar miqdorini oshirish;

9. Bank ustavini yangi tahrirda tasdiqlash;

10. Standart aktivlar boʻyicha zaxirani shakllantirishdagi oʻzgarishlar toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni koʻrib chiqish;

11. Bankning ichki me’yoriy hujjatlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish;

12. Bankning ichki me’yoriy hujjatlarini tasdiqlash;

13. Bankning tashkiliy tuzilishini tasdiqlash;

14. Bank Kuzatuv kengashi a’zolarini saylash;

15. Bank Boshqaruv Raisi va a’zolarini tayinlash;

16. Affilangan shaxslar bilan bitimlarni ma’qullash;

17. 2020 yil uchun bankda korporativ boshqaruv tizimini baholash natijalarini ko‘rib chiqish va Korporativ boshqaruv kodeksi va davlat ishtirokidagi korxonalar uchun Korporativ boshqaruv qoidalarining tavsiyalariga amal qilish majburiyatini bekor qilish;

18. Bank tomonidan joylashtiriladigan qoʻshimcha aksiyalar olinishiga Bank aksiyadorlarining imtiyozli huquqini qoʻllamaslik toʻgʻrisida.

Aksiyadorlarning yillik umumiy yigʻilishida ishtirok etish huquqiga ega bank aksiyadorlari reestri 2022-yil 5-iyul operatsion kun yakuniga tuziladi.

Eslatib oʻtamiz, aksiyadorlar aksiyadorlarning yillik umumiy yigʻilishining materiallari bilan bankda (bank manzili: 100047, Toshkent shahar, Maxtumquli koʻchasi, 2a. Tel.: 71-231-60-00) tanishib chiqish huquqiga egalar.

Roʻyxatdan oʻtish va aksiyadorlarning yillik umumiy yigʻilishida ishtirok qilish uchun aksiyadorlar shaxsini tasdiqlovchi guvohnoma (pasport)ga, aksiyadorlar vakillari esa – Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari talablariga muvofiq rasmiylashtirilgan (jismoniy shaxslar uchun – notarial tasdiqlangan, yuridik shaxslar uchun – mazkur yuridik shaxs tomonidan berilgan) vakolatnomaga ega bo’lishlari kerak.

Agar aksiyador axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishida masofadan turib ishtirok etishni va ovoz berishni xohlasa, Bank masofaviy ovoz berishni tashkil etishi maqsadida, ushbu xabar e’lon qilingan kundan boshlab uch ish kunidan kechiktirmay Bankni yozma ravishda xabardor qilishi kerak.

“ASIA ALLIANCE BANK” ATB
Kuzatuv kengashi