“ASIA ALLIANCE BANK” ATB bank aksiyadorlarning yillik umumiy yigʻilishini oʻtkazish toʻgʻrisida xabar beradi. Yigʻilish 2023-yil 26-iyun soat 10:00 da “ASIA ALLIANCE BANK” ATBning 100047, Toshkent shahar, Maxtumquli koʻchasi, 2a manzil boʻyicha joylashgan binosida oʻtkaziladi, bankning elektron pochta manzili: info@aab.uz. Aksiyadorlarning yillik umumiy yigʻilishida ishtirok etish uchun aksiyadorlarni roʻyxatdan oʻtkazish soat 09:00 dan 09:30 gacha amalga oshiriladi.

Kun tartibi:

1) Aksiyadorlarning yillik umumiy yigʻilishni oʻtkazish reglamentini tasdiqlash;

2) Aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi sanoq komissiyasi a’zolari soni va shaxsiy tarkibini tasdiqlash;

3) Bank Kuzatuv kengash Raisining 2022-yil yakuni boʻyicha bank faoliyati natijalari va bank rivojlanish strategiyasiga erishish boʻyicha amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida hisobotni eshitish;

4) Bank Boshqaruv Raisining Bank rivojlanish strategiyasiga erishish boʻyicha amalga oshirilgan ishlar, Bank biznes-rejasini amalga oshirish boʻyicha 2022-yilda Bank Boshqaruvi faoliyati natijalari toʻgʻrisida hisobotni eshitish;

5) 2022-yil uchun Bankning yillik hisobotni tasdiqlash;

6) Bank sof foydasini taqsimlash va dividend toʻlash;

7) Bank ijroiya organi rahbari bilan shartnomani uzaytirish imkoniyati toʻgʻrisida;

8) Affilangan shaxslar bilan bitimlarni ma’qullash;

9) Majburiy auditorlik tekshiruvini oʻtkazish uchun auditorlik tashkilotini tanlash va uning xizmatlariga toʻlanadigan eng koʻp haq miqdorini oʻrnatish;

10) Bank aktivlarini hisobdan chiqarish masalasini koʻrib chiqish;

11) Bankning tashkiliy tuzilishiga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida;

12) Bank e’lon qilingan aksiyalar miqdorini oshirish;

13) Bank ustaviga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida;

14) “ASIA ALLIANCE BANK” ATB Kuzatuv kengashi to‘g‘risida”gi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish toʻgʻrisida;

15) “ASIA ALLIANCE BANK” ATB Boshqaruvi to‘g‘risida”gi nizomga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida;

16) Bank Kuzatuv kengashining amaldagi tarkibining vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish;

17) Bank Kuzatuv kengashi a’zolarini saylash;

18) Bank tomonidan joylashtiriladigan qoʻshimcha aksiyalar olinishiga Bank aksiyadorlarining imtiyozli huquqini qoʻllamaslik toʻgʻrisida;

19) Aksiyalar qoʻshimcha chiqarilishi boʻyicha qaror qabul qilish.

Aksiyadorlarning yillik umumiy yigʻilishida ishtirok etish huquqiga ega bank aksiyadorlari reestri 2023-yil 20-iyun operatsion kun yakuniga tuziladi.

Eslatib oʻtamiz, aksiyadorlar aksiyadorlarning yillik umumiy yigʻilishining materiallari bilan bankda (bank manzili: 100047, Toshkent shahar, Maxtumquli koʻchasi, 2a. Tel.: 71-231-60-00) tanishib chiqish huquqiga egalar.

Roʻyxatdan oʻtish va aksiyadorlarning yillik umumiy yigʻilishida ishtirok qilish uchun aksiyadorlar shaxsini tasdiqlovchi guvohnoma (pasport)ga, aksiyadorlar vakillari esa – Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari talablariga muvofiq rasmiylashtirilgan (jismoniy shaxslar uchun – notarial tasdiqlangan, yuridik shaxslar uchun – mazkur yuridik shaxs tomonidan berilgan) vakolatnomaga ega bo’lishlari kerak.

Agar aksiyador axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishida masofadan turib ishtirok etishni va ovoz berishni xohlasa, Bank masofaviy ovoz berishni tashkil etishi maqsadida, ushbu xabar e’lon qilingan kundan boshlab uch ish kunidan kechiktirmay Bankni yozma ravishda xabardor qilishi kerak.

“ASIA ALLIANCE BANK” ATB

Kuzatuv kengashi