Hurmatli mijozlar!

2026-yil 1-apreldan boshlab O‘zbekistonda to‘lovning yangi qoidalari joriy etiladi: bir qator operatsiyalar bo‘yicha hisob-kitoblar faqat naqd pulsiz shaklda amalga oshirilishi mumkin. Ushbu o‘zgarishlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 10-dekabrdagi naqd pulsiz hisob-kitoblarni rivojlantirish va yashirin iqtisodiyot ulushini kamaytirishga qaratilgan PF-246-sonli Farmoni bilan mustahkamlangan.

Hujjatga muvofiq majburiy naqd pulsiz hisob-kitob quyidagilarga nisbatan tatbiq etiladi:

• davlat xizmatlariga haq to‘lash
• kommunal to‘lovlar
• alkogol va tamaki mahsulotlarini sotib olish;
• avtomobil va ko‘chmas mulk sotib olish
• 25 mln so‘mdan ortiq xaridlar
• qonun hujjatlarida belgilangan boshqa operatsiyalar

Aynan sizga mos keladigan Asia Alliance Bank kartasini tanlang: universal Uzcard va Humo kartalaridan tortib, imtiyozli xalqaro Visa va Mastercard kartalarigacha. Hoziroq Alliance Pay orqali kartani rasmiylashtiring yoki virtual kartani oching!