Asia Alliance Bank O‘zbekistonning yetakchi shaxmatchilari qatoridan o‘rin olgan xalqaro grossmeyster Nodirbek Yakubboyev bilan hamkorlik boshlanganini mamnuniyat bilan e’lon qiladi.
Nodirbek - mamlakat chempioni bo‘lib, O‘zbekistonni xalqaro musobaqalarda munosib namoyon etib kelmoqda. Uning faoliyati intizom, tahlil va mas’uliyatga asoslangan.
Bu hamkorlik bank uchun shunchaki sheriklik emas, balki umumiy qadriyatlarning uyg‘unligidir.
Strategik fikrlash, uzoqni ko‘ra bilish va har bir qadamning oqibatini oldindan hisoblash - bu fazilatlar ham muvaffaqiyatli shaxmatchiga, ham ishonchli bankka xos.
Asia Alliance Bank intellektual rivojlanish, yetakchilik va barqaror qarorlarni qo‘llab-quvvatlaydi.
Biz shunday yuqori salohiyatga ega mutaxassisning bank ambassodori sifatida jamoamizga qo‘shilayotganidan faxrlanamiz.
- Avtor: ko'rsatilmagan
- Manba: «Asia Alliance Bank» ATB matbuot markazi
- Ko'rishlar: 232