Hurmatli mijozlar!
Shuni ma’lum qilamizki, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 16-martda 3790-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan “Koʻchmas mulk va transport vositalarining oldi-sotdi shartnomalari boʻyicha hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun notariuslar va banklar oʻrtasida elektron maʼlumotlar almashish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqidagi qaroriga asosan bank tomonidan ariza asosida xaridor yoki uning vakili bilan eskrou-hisobvaraq shartnomasi tuzilib, eskrou-hisobvaraq ochilishi va unga xizmat ko‘rsatilishi belgilangan.
Shu munosabat bilan, 2026-yil 1-apreldan boshlab ko‘chmas mulk va avtotransport vositalarini oldi-sotdisida eskrou hisobvarag‘i bilan bog‘liq xizmatlar bo‘yicha operatsiyalarni amalga oshirishda (naqd yoki naqd pulsiz kirim qilish, sotuvchiga o‘tkazish va sotuvchiga naqd pulda berish yoki boshqa hisobvaraqqa o‘tkazish) quyidagi vositachilik haqi belgilanadi:
• Ko‘chmas mulk bilan bog‘liq bitimlar uchun: BHMning 50%i (QQS bilan birga),
• Avtotransport bilan bog‘liq bitimlar uchun: BHMning 25%i (QQS bilan).
Bunda, xaridor va sotuvchining bitta bankda hisobvarag‘i mavjud bo‘lganda bir martalik to‘lov undiriladi, xaridor va sotuvchiga turli banklarda xizmat ko‘rsatilganda esa har bir bank ushbu summaning yarmidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda vositachilik haqi undiriladi.
Ko‘chmas mulk yoki avtotransport vositasining oldi-sotdi bitimi tuzilmagan yoki bekor qilingan taqdirda, vositachilik haqi eskrou hisobvaraqlaridan pul mablag‘lari qaytarilganda qaytariladi.
- Avtor: ko'rsatilmagan
- Manba: «Asia Alliance Bank» ATB matbuot markazi
- Ko'rishlar: 242
Shuningdek qarang: