Ko'p so'raladigan savollar
Tadbirkorlik faoliyati sub`yektlari (MCHJ, QK, YaTT, AJ va boshqalar) hisoblangan rezident yuridik shaxslarning milliy valyutada talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqlarini ochish uchun o`zlari bilan quyidagi hujjatlarga ega bo'lishlari shart:
a) mijoz nomidan pul-hisob-kitob hujjatlarini imzolash vakolatiga ega bo'lgan shaxslarning shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki uning o'rnini bosuvchi hujjat). Shaxsni tasdiqlovchi hujjat nusxasi olinadi, asl nusxasi qaytariladi.
b) O'zR vakolatli organlarida (Davlat xizmatlari markazida) korxonani ro'yxatdan o'tkazilganligi to'g'risidagi guvohnomaning nusxasi.
v) agar muassislar jismoniy shaxslar bo'lsa, muassislarning pasportlari nusxalari.
g) agar muassislar yuridik shaxs (tashkilot) bo'lsa, ushbu kompaniyaning muassislari to'g'risidagi ma'lumotlar va mijozning oxirgi benefitsiariga qadar (jismoniy shaxsning pasportining nusxasi – oxirgi egasining)
d) muassislarning birinchi imzolash huquqiga ega bo'lgan tashkilot rahbarini lavozimga tayinlash to'g'risidagi qarorining nusxasi - agar stat.uz saytida boshqa direktor ko'rsatilgan bo'lsa.
Yakka tartibdagi tadbirkorlarning (YaTT) milliy valyutada talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqlarini ochish uchun o`zlari bilan quyidagi hujjatlarga ega bo'lishlari shart:
a) mijoz nomidan pul-hisob-kitob hujjatlarini imzolash vakolatiga ega bo'lgan shaxslarning shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki uning o'rnini bosuvchi hujjat). Shaxsni tasdiqlovchi hujjatdan nusxa olinadi, asl nusxasi qaytariladi.
b) O'zR vakolatli organlarida (Davlat xizmatlari markazida) korxonani ro'yxatdan o'tkazilganligi to'g'risidagi guvohnomaning nusxasi.
Tadbirkorlik faoliyati sub`yektlari bo'lmagan (uyushmalar, fondlar, xayriya tashkilotlari va boshqalar) rezident-yuridik shaxslar, shuningdek budjetdan mablag' oluvchilar milliy valyutada talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqlarini ochish uchun o`zlari bilan quyidagi hujjatlarga ega bo'lishlari shart:
a) mijoz nomidan pul-hisob-kitob hujjatlarini imzolash vakolatiga ega bo'lgan shaxslarning shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki uning o'rnini bosuvchi hujjat). Shaxsni tasdiqlovchi hujjatdan nusxa olinadi, asl nusxasi qaytariladi.
b) O'zR vakolatli organlarida (davlat xizmatlari markazida) korxonani ro'yxatdan o' tkazilganligi to'g'risidagi guvohnomaning nusxasi.
v) ta'sis hujjatlarining nusxalari:
- ustav
- ta'sis shartnomasi (agar ikki yoki undan ortiq muassis bo'lsa)
- ularga kiritilgan barcha o'zgartirishlar (agar mavjud bo'lsa).
g) davlat soliq xizmati organlarida hisobga olinganligini tasdiqlovchi hujjat (ma'lumotnoma)
d) agar muassislar jismoniy shaxslar bo'lsa, muassislarning pasportlari nusxalari.
e) agar muassislar yuridik shaxs (tashkilot) bo'lsa, ushbu kompaniyaning muassislari to'g'risidagi ma'lumotlar va mijozning oxirgi benefitsiariga qadar (jismoniy shaxsning pasportining nusxasi – oxirgi egasining)
e) vakolatli organ/muassislarning birinchi imzolash huquqiga ega bo'lgan tashkilot rahbarini lavozimga tayinlash to'g'risidagi qarorining nusxasi.
O'zbekiston Respublikasida xo'jalik yoki boshqa tijorat faoliyatini amalga oshirmaydigan xorijiy tashkilotlarning vakolatxonalari milliy valyutada talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqlarini ochish uchun o'zlari bilan quyidagi hujjatlarga ega bo'lishlari shart.
Kerakli hujjatlar:
· agar qonunchilik hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, soliq organlari tomonidan soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami (STIR) berilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning nusxasi;
· norezident yuridik shaxs nomidan pul-hisob-kitob hujjatlarini imzolash vakolatiga ega bo'lgan shaxslarning shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki uning o'rnini bosuvchi hujjat).
Qo'shimcha hujjatlar:
· vakillik to'g'risidagi nizomning nusxasi;
· O'zR vakolatli organi tomonidan berilgan vakolatxonani akkreditatsiya qilish to'g'risidagi hujjatning nusxasi;
· vakolatxona rahbariga berilgan ishonchnoma nusxasi.
Tovar-xom ashyo birjalarining ochiq elektron savdolari qatnashuvchilari bo`lgan norezidentlar, uyushgan savdolarda aksiyalarni sotuvchi (sotib oluvci) chet ellik investorlar milliy valyutada talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqlarini ochish uchun o`zlari bilan quyidagi hujjatlarga ega bo'lishlari shart.
Kerakli hujjatlar:
· agar qonunchilik hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, soliq organlari tomonidan soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami (STIR) berilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning nusxasi;
· norezident yuridik shaxs nomidan pul-hisob-kitob hujjatlarini imzolash vakolatiga ega bo'lgan shaxslarning shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki uning o'rnini bosuvchi hujjat).
· Tovar-xom ashyo birjalarining ochiq elektron savdolari qatnashuvchilari bo`lgan norezidentlar, uyushgan savdolarda aksiyalarni sotuvchi (sotib oluvci) chet ellik investorlarning ta'sis hujjatlari (ta'sis shartnomasi, ustav) va ularga kiritilgan o'zgartirish va qo'shimchalarning konsullik yoki notarius tomonidan tasdiqlangan nusxalari;
· tovar-xomashyo birjasining ochiq elektron savdolarida qatnashuvchi norezident- yuridik shaxs va birja brokeri o‘rtasida brokerlik xizmatlarini ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnoma nusxasi;
· uyushgan savdolarda aksiyalarni sotuvchi (sotib oluvchi) chet ellik investorlar — norezident yuridik shaxslar va investitsiya vositachisi o‘rtasida brokerlik xizmatlarini ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnoma nusxasi;
· birinchi imzo huquqiga ega bo'lgan shaxsning vakolatlarini belgilaydigan hujjatning nusxasi (muassislarning qarori yoki uning o'rnini bosadigan boshqa hujjat).
O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda faoliyat yurituvchi norezidentlarning doimiy muassasalari milliy valyutada talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqlarini ochish uchun o`zlari bilan quyidagi hujjatlarga ega bo'lishlari shart:
Kerakli hujjatlar:
· agar qonunchilik hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, soliq organlari tomonidan soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami (STIR) berilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning nusxasi;
· norezident yuridik shaxs nomidan pul-hisob-kitob hujjatlarini imzolash vakolatiga ega bo'lgan shaxslarning shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki uning o'rnini bosuvchi hujjat).
· yuridik shaxs - O'zbekiston Respublikasi norezidenti nomidan O'zbekiston Respublikasida harakatlar amalga oshirish huquqini tasdiqlovchi ishonchnoma yoki boshqa hujjat (agar mavjud bo'lsa);
· O'zbekiston Respublikasida faoliyatni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiruvchi norezidentlarning doimiy muassasalarining ta'sis hujjatlari (ta'sis shartnomasi, ustavi)ning konsullik yoki notarius tomonidan tasdiqlangan nusxalari;
· O'zbekiston Respublikasida norezidentning doimiy muassasasi ishini belgilaydigan hujjat nusxasi (agar mavjud bo'lsa);
· birinchi imzo huquqiga ega bo'lgan shaxsning vakolatlarini belgilaydigan hujjatning nusxasi (muassislarning qarori yoki uning o'rnini bosadigan boshqa hujjat).
Kripto-birjada kripto-aktivlar savdolari ishtirokchilari bo‘lgan norezident yuridik shaxslar milliy valyutada talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqlarini ochish uchun o`zlari bilan quyidagi hujjatlarga ega bo'lishlari shart:
Kerakli hujjatlar:
· agar qonunchilik hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, soliq organlari tomonidan soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami (STIR) berilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning nusxasi;
· norezident yuridik shaxs nomidan pul-hisob-kitob hujjatlarini imzolash vakolatiga ega bo'lgan shaxslarning shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki uning o'rnini bosuvchi hujjat).
· norezident yuridik shaxsning ta'sis hujjatlari (ta'sis shartnomasi, ustav) va ularga kiritilgan o'zgartirish va qo'shimchalarning konsullik yoki notarius tomonidan tasdiqlangan nusxalari;
· kripto-birjada kripto-aktivlar savdolari ishtirokchilari bo‘lgan norezident yuridik shaxs va kripto-birja o‘rtasida munosabatlarni o‘rnatish to‘g‘risidagi shartnoma nusxasi.
· birinchi imzo huquqiga ega bo'lgan shaxsning vakolatlarini belgilaydigan hujjatning nusxasi (ishonchnoma yoki uning o'rnini bosadigan boshqa hujjat).
Hisobvaraqlarni ochish uchun zarur bo'lgan barcha boshqa hujjatlar (imzolar namunalari qo`yilgan varaqchalar, hisobvaraqlarni ochish uchun arizalar, zarur shartnomalar va boshqalar) norezident yuridik shaxs nomidan birinchi va ikkinchi imzo huquqiga ega bo'lgan shaxslar tomonidan Bankda tuziladi va o'z qo'li bilan imzolanadi. Mijozlarning hisobvaraqlarini ochish va faollashtirish Bankda barcha kerakli hujjatlar rasmiylashtirilgandan va imzolangandan so'ng amalga oshiriladi.
Agar hisobvaraq boshqa bankdan bizning bankimizga o'tkazilsa, u holda Mijoz birinchi navbatda bizga hisobvaraqni bankimizga o'tkazish to'g'risida so'rov yuboradi, unda u hozirda qaysi bankda asosiy talab qilib olinguncha depozit hisobvarag'iga ega ekanligini ko'rsatadi.
Suhdan so`ng, mijozning asosiy talab qilib olinguncha depozit hisobvarag'i mavjud bo'lgan bank BDMAB orqali bizga hisobvaraq yuborganidan keyin, mijozning vakolatli shaxslari (direktor, bosh buxgalter) yuqorida ko'rsatilgan barcha hujjatlarni taqdim etgan holda hisobvaraq ochish uchun bankimizga kelishlari mumkin.
Bankka barcha vakolatli shaxslar keladi, ularning imzolari shaxslarning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarning asl nusxalari (pasport yoki uning o'rnini bosuvchi hujjat) bilan yangi imzo namunalarida bo'lishi kerak. Bank yangi rahbar haqidagi barcha ma'lumotlarni stat.uz saytida oladi. Bunda, agar stat.uz saytida boshqa direktor ko'rsatilgan bo'lsa, u hola o`zi bilan birinchi imzo huquqiga ega bo'lgan tashkilot rahbarini tayinlash to'g'risidagi muassislarning qarorining nusxasi bo'lishi kerak. Agar bosh buxgalter yoki boshqa vakolatli shaxs o'zgarsa, qo'shimcha hujjatlar kerak emas.
Agar mijoz asosiy talab qilib olinguncha hisobvarag'iga ega bo'lsa va tugatilayotganligi munosabati bilan hisobvaraqlarni yopayotgan bo`lsa, u holda Bankka quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
· muassislarning o'z-o'zini tugatish to'g'risidagi qarorining nusxasi yoki sudning majburiy tugatish to'g'risidagi qarori nusxasi;
· yuridik shaxs nomidan pul-hisob-kitob hujjatlarini imzolash vakolatiga ega bo'lgan tugatuvchining shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki uning o'rnini bosuvchi hujjat) (agar tugatish to'g'risidagi hujjat tugatuvchi tomonidan tayinlangan bo'lsa);
· mijozning byudjet va byudjetdan tashqari jamg'armalar oldida qarzdorligi yo'qligi to'g'risida DSIdan ma'lumotnoma (asl nusxasi DSIdan yoki soliq.uz saytidan QR kodi bilan taqdim etiladi);
· barcha hisobvaraqlarni yopish uchun mijozning so'rovi.
Agar muassislarning qarori yoki sud qarori bilan tugatuvchi tayinlangan bo'lsa, unda Bankdagi hisobvaraqlarni yopish uchun zarur bo'lgan imzolar namunalari varaqchalari va boshqa barcha hujjatlarni rasmiylashtirish va protseduralar uchun Bankda tugatuvchining shaxsiy ishtiroki zarur (ular mijozning Bankdagi operatsiyalari va hisobvaraqlariga qarab, jalb qilingan bo'limlar bilan Bankda aniqlanadi).
Agar mijoz asosiy talab qilib olinguncha hisobvarag'iga ega bo'lsa va hisobvaraqlarni yopishni va asosiy talab qilib olinguncha hisobvarag'ini boshqa bankka o'tkazishni istasa, u holda bankka quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
· barcha hisobvaraqlarni yopish va hisobvaraqni boshqa bankka o'tkazish to'g'risidagi mijozning bankka xati;
Bankdagi hisobvaraqlarni yopish uchun zarur bo'lgan barcha boshqa hujjatlar va protseduralar mijozning Bankdagi operatsiyalari va hisobvaraqlariga qarab barcha jalb qilingan bo'limlar bilan Bankda aniqlanadi.
Agar mijoz ikkilamchi talab qilib olinguncha hisobvarag`iga ega bo'lsa va keraksiz bo'lganligi sababli hisobvaraqlarni yopishni istasa, u holda Bankka quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
· keraksiz bo'lganligi sababli mijozning barcha hisobvaraqlarini yopish to'g'risidagi Bankka xati.
Bankdagi hisobvaraqlarni yopish uchun zarur bo'lgan barcha boshqa hujjatlar va protseduralar mijozning Bankdagi operatsiyalari va hisobvaraqlariga qarab barcha jalb qilingan bo'limlar bilan Bankda aniqlanadi.
Mijozning bankdagi operatsiyalari va hisobvaraqlariga qarab Bankdagi hisobvaraqlarni yopish uchun zarur hujjatlar va protseduralar:
· chek daftarchalari foydalanilmagan chek varaqalarini (agar mavjud bo'lsa) ko'rsatilgan xat bilan qaytarish;
· tashqi savdo kontraktlarini yopish/o'tkazish va barcha valyuta hisobvaraqlarini nolga tenglashtirish masalasini valyuta bo'limi bilan hal qilish, shuningdek xorijdan mablag` jalb qilish shartnomalarini (agar mavjud bo'lsa) hisobdan chiqarish to'g'risida;
· korporativ plastik kartalarni nollash yoki bankka korporativ kartalardagi mablag' qoldig'ini talab qilib olinguncha depozit hisobvarag'iga o'tkazish to'g'risida xat taqdim etish (agar mavjud bo'lsa);
· terminallar va jihozlarni ularga qaytarish va plastik kartalar bo'limi bilan terminallarni qabul qilish va topshirish to'g'risidagi dalolatnomalarni imzolash (agar mavjud bo'lsa);
· bankning barcha komissiyalarini so`ndirish, bank komissiyalarini hisob-kitob qilishni hisobga olgan holda talab qilib olinguncha depozit hisobvarag'ini nollash (agar hisobvaraqda mablag' mavjud bo'lsa);
· va faqat yuqoridagi barcha protseduralar tugagandan so'ng - Internet-banking tizimidagi barcha kalitlarni qaytarish va Axborot texnologiyalari bo'limi bilan qabul qilish va topshirish dalolatnomasini imzolash, shuningdek Mobil-aliance tizimidan uzilishini so'rab xat taqdim etish (agar mavjud bo'lsa).
Barcha qabul qilish va topshirish dalolatnomalari imzolar namunalariga muvofiq imzo qo'yish huquqiga ega bo'lgan shaxslar tomonidan imzolanishi kerak.
Agar byudjet oluvchining shaxsiy hisobvarag'ida 25 ta belgi bo'lsa, u holda mijoz "Byudjet daromadiga to'lov topshirig'i" hujjat turini tanlashi kerak va to'lov kodi 08 dan boshlanishi kerak (mijoz F9 tugmachasini bosadi va unga mosroq keladigan kodni tanlaydi, masalan, 08101, 08102.08201 va boshqalar).
Agar byudjet oluvchining shaxsiy hisobvarag'ida 27 ta belgi bo'lsa, u holda mijoz "Byudjetga to'lov topshirig'i" hujjat turini va to'lov kodini tanlashi kerak:
· 09570 – agar mijoz bojxona organlariga bojxona to'lovlarini to'lasa;
· 09510 - agar mijoz byudjetga boshqa to'lovlarni to'lasa.
Faqat MUNIS tizimi orqali to'lanishi mumkin bo'lgan bir qator to'lovlar mavjud. Buning uchun mijoz "MUNIS orqali to'lov" hujjat turini tanlashi kerak va F9 orqali taklif qilingan Menyuda avval to'g'ri/mos "Xizmat turi"ni va pastda "To'lov turi"ni tanlashi va kvitantsiya raqamini to'ldirishi kerak. Agar mijozda kvitantsiya raqami olinmasa, demak u xizmat yoki to'lov turini noto'g'ri tanlagan.
MUNIS tomomidan taklif etilyotgan xizmatlar turlari
Ид. |
Nomi |
To'lov turi |
0201 |
Jismoniy shaxslarning soliqlari va ajratmalari (MUNIS) |
MUNIS |
0221 |
O'zR FVV xizmatlari (MUNIS) |
MUNIS |
0223 |
Yakka tartibdagi tadbirkorlarning soliqlari va ajratmalari (MUNIS) |
MUNIS |
1203 |
Davlat chegarasidagi DBN o`tish punktlari (MUNIS) |
MUNIS |
0206 |
YHHDBning jarimalarini to'lash (MUNIS) |
MUNIS |
0204 |
Davlat xizmatlari markazi (МУНИС) |
MUNIS |
0101 |
"MINTAQAVIY ELEKTR TARMOQLARI” AJ? (MUNIS) |
MUNIS |
0102 |
Hududgazta'minot tabiiy gaz uchun to'lov (MUNIS) |
MUNIS |
0104 |
TOSHISSIKKUVVATI UK PO (MUNIS) |
MUNIS |
0115 |
Qattiq maishiy chiqindilarni olib chiqish (MUNIS) |
MUNIS |
0193 |
Uy-joy kommunal xizmati vazirligi (suv ta'minoti)) (MUNIS) |
MUNIS |
0194 |
Uy-joy kommunal xizmati vazirligi (Issiqlik ta'minoti) (MUNIS) |
MUNIS |
0114 |
ISSIQQUVVATI Xorazm (MUNIS) |
MUNIS |
0106 |
Uy-joy mulkdorlari shirkatining ekspluatatsion xarajatlari (MUNIS) |
MUNIS |
0901 |
"E-CARD" Elektron pul tizimi operatori (MUNIS) |
MUNIS |
0211 |
IIV OVIR (MUNIS) |
MUNIS |
1201 |
Davlat kadastri (MUNIS) |
MUNIS |
0501 |
GM avtosanoati (MUNIS) |
MUNIS |
0208 |
Adliya vazirligi xizmatlari (MUNIS) |
MUNIS |
0205 |
Sudlar (MUNIS) |
MUNIS |
0216 |
IIVning YHHDB (hujjatlar yoki rang berish uchun to'lov) (MUNIS) |
MUNIS |
0218 |
РУз O'zR Vazirlar Mahkamasi huzuridagi o'simliklar karantini davlat inspeksiyasi ( (MUNIS) |
MUNIS |
0112 |
Xududgazta'minot suyultirilgan gaz uchun to'lov (MUNIS) |
MUNIS |
0219 |
Standartlashtirish, sertifikatlash va texnik tartibga solish ITI (MUNIS) |
MUNIS |
0212 |
IIVning YHHDB (texnik ko`rik uchun to`lov) (MUNIS) |
MUNIS |
9999 |
Mablag` o'tkazish (MUNIS) |
MUNIS |
0209 |
МIB (MUNIS) |
MUNIS |
0210 |
IIV jarimalarni to'lash (MUNIS) |
MUNIS |
· to'lov kodi – 00634
· ish haqi va unga tenglashtirilgan to'lovlarni to'lov topshiriqnomasi bilan o'tkazish – ish haqi loyihasi uchun tranzit hisobvaraqlariga (23106 dan boshlanadi, agar mijoz ularni bank-mijoz interfeysida ko'rmasa, hisobvaraq ma'lumotlarini mijozning Internet-bankingiga qo'shish uchun axborot texnologiyalari bo'limiga murojaat qilishi kerak), shundan so'ng mijoz Internet-banking orqali xodimlarning kartalariga ish haqini o'tkazish uchun registrlarini yuboradi
Buning uchun mijoz "ETT" (elektron to'lov talablari) modulini - "Kirish"ni topishi va unga qo'yilgan talabni topishi, talabni ko'rib chiqishi va taklif qilingan menyudan harakatni tanlashi kerak - to'lash yoki rad etish/bosh tortish. Agar mijoz talabni to'lashdan bosh tortishni tanlasa, u bosh tortish sababini to'ldirishi kerak.